» » Sixda pishirilgan tovuq

Sixda pishirilgan tovuq


Xushbo‘y qalampir, dolchin, zanjabil tovuqning ta’mini oshiradi va shu bilan birgalikda organizmdagi almashish jarayonini kuchaytiradi va salqin ob-havoda isitishga yordam beradi.

Marinad uchun:

1 dona skotch bonnet qalampirini kesish va urug‘laridan tozalash

2 dona xalapenyoni kesish va urug‘laridan tozalash

1 osh qoshiq yangi toshcho‘p (timyan)

4 dona sarimsoq tishchalari

2 choy qoshiq xushbo‘y qalampir

3 osh qoshiq qamishdan olingan shakar

2 choy qoshiq yirik donali tuz

0,5 choy qoshiq muskat yong‘og‘i

1 choy qoshiq dolchin

1 choy qoshiq ezilgan qora murch

1 choy qoshiq zanjabil kukuni

0,25 stakan zaytun yog‘i

0,25 stakan soya qaylasi

1 dona laym po‘chog‘i

0,25 stakan laym sharbati

0,25 stakan apelsin sharbati

0,5 stakan olma sirkasi

Asosiy taom uchun:

1 kg yirik bo‘lmagan bo‘laklarga bo‘lingan tovuq

16 dona bambukdan qilingan sixlar bir necha soat oldin suvda ivitib qo‘yiladi

Tayyorlanishi:

Xushbo‘y qalampir hovonchada eziladi. Marinad uchun olingan masalliqlarning hammasi blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Mahkamlanadigan paket ichiga tovuq va u to‘liq botib turadigan miqdorda marinad solinadi. 4 soat davomida sovutgichga qo‘yiladi. Marinadning qolgani ham sovutgichga olib qo‘yiladi.

Tovuq sovutgichdan olinadi. 4—6 bo‘lakdan sixlarga teriladi. Duxovkada tayyor bo‘lguncha pishiriladi. Pishirish davomida qolgan marinad vaqti-vaqti bilan tovuqqa surib turiladi.

Manba: “Gotovim-doma.ru”

Опубликовано: admin (18-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют