» » Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Chirchiqda kollejdoshini urgan o‘quvchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. U bir yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin


Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Texnika kasb-hunar kollejining ikki o‘quvchisi o‘zaro janjallashgan, oqibatda o‘quvchilardan biri tan jarohati olgan. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

16-noyabr, payshanba kuni soat 8:00 atrofida kolleji o‘quvchisi, 2001-yilda tug‘ilgan M.A. tanishi, shu kollejning 1-bosqich o‘quvchisi, 2001-yilda tug‘ilgan Sh.S. bilan o‘zaro janjallashgan.

M.A. kollejdoshini urgan. Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiy markazi ma’lumotnomasiga ko‘ra, Sh.S. “sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil” tan jarohati olgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergovni Toshkent viloyati IIB tomonidan olib borilmoqda.

Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi (sog‘liqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq bo‘lmagan muddatga yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan aybdor deb topilgan shaxslar eng kam oylik ish haqining 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Опубликовано: admin (18-11-2017, 23:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют