» » Madrid derbisida g‘olib aniqlanmadi. “Real” va “Atletiko” endi “Barselona”dan 10 ochko ortda qolmoqda

Madrid derbisida g‘olib aniqlanmadi. “Real” va “Atletiko” endi “Barselona”dan 10 ochko ortda qolmoqda


Ispaniya La Ligasining 12-turiga kelib, Kataloniyaning “Barselona” klubi chempionlik yo‘lidagi raqobatchilari hisoblangan Madrid yetakchilarini 10 ochko ortda qoldira boshladi.

12-turning markaziy o‘yini Vanda Metropolitano stadionida o‘tib, unda “Atletiko” va “Real” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Har ikki klub 90 daqiqa davomida gol urishning uddasidan chiqa olmadi va oqibatda 2 ochkodan boy berdi. “Real”da g‘alabalar soni ko‘proq va to‘plar nisbati yaxshiroq. “Atletiko” esa ortda qolgan turlar davomida biror marta ham mag‘lub bo‘lmadi.

Kataloniyaning “Barselona” klubi esa navbatdagi yirik g‘alabasini tantana qildi. “Leganes” maydonida asosiy mas’uliyatni Luis Suares o‘z zimmasiga oldi va dublga erishdi.

Ispaniya La Ligasi

12-tur bellashuvlari

17-noyabr, juma

Gollar: Villian, 7 (0:1). Kristian Stuani, 64 (1:1).

18-noyabr, shanba

Gollar: Markel Bergara, 6 (1:0). Xorxe Molina, 9-pen (2:0). Rodriges Anxel, 53 (3:0). Rodriges Anxel, 64 (4:0). Kristian Santos, 81 (4:1).

Gollar: Luis Suares, 28 (0:1). Luis Suares, 60 (0:2). Paulinyo, 90 (0:3).

Gollar: Maksimiliano Gomes, 13 (0:1). Luis Muriel, 36 (1:1). Nolito, 48 (2:1).

19-noyabr, yakshanba

“Malaga” — “Deportivo” — 16:00

“Espanyol” — “Valensiya” — 20:15 Futbol-TV

“Las-Palmas” — “Levante” — 22:30

“Atletik” — “Vilyarreal” — 00:45 Futbol-TV

20-noyabr, dushanba

“Eybar” — “Betis” — 01:00

Опубликовано: admin (19-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют