» » BAAda avtomobil raqami 3 million dollarga sotildi

BAAda avtomobil raqami 3 million dollarga sotildi


BAAning Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan auksionda Ahmad al-Marzuqi ismli tadbirkor o‘z avtomobili uchun o‘n million dirhamga (qariyb uch million dollar) raqam sotib oldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Auksion Emirates Auction kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan. 23 yoshli tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u 2 raqamini sotib olganidan juda xursand va bundan faxrlanmoqda. Uning aytishicha, bu raqamni “millat uchun ahamiyatli” bo‘lgani sababli sotib olgan. Har yili 2-dekabrda BAAda yettita amirlikning 1971-yilda birlashgan Milliy kuni nishonlanadi.

Auksionda noyob raqamlar ham sotilgan. 11 raqami qariyb bir yarim million dollarga sotilgan. Yana bir tadbirkor Muhammad al-Mazruiy 12 yoshli o‘g‘li Xalifa uchun 1111 raqamini sotib olgan. Auksionda hammasi bo‘lib, 55 million dirham yoki qariyb 15 million dollarlik raqamlar sotilgan. Bu pullarning barchasi xayriya ishlari uchun sarflanadi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют