» » Fotogalereya: AQSh prezidentining Osiyoga uyushtirgan tashrifidan yorqin lahzalar

Fotogalereya: AQSh prezidentining Osiyoga uyushtirgan tashrifidan yorqin lahzalar


Share America nashri AQSh prezidenti Donald Trampning Osiyodagi beshta davlatga uyushtirgan tarixiy tashrifiga oid suratlarni taqdim etdi.

Prezident Tramp hamda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Akasaka saroy komleksida (Tokio) joylashgan hovuzdagi baliqlarni oziqlantirmoqda.

Shinzo Abe Donald Trampga “Donald va Sindzo bizning ittifoqimizni yanada buyukroq qilmoqda” yozuvi tushirilgan kepkani sovg‘a qildi.

Donald Tramp Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In bilan Ko‘k Uyda ko‘rishdi. Tramp AQSh Janubiy Koreyani o‘zining shimoldagi qo‘shnisidan himoya qilish majburiyatini ma’qulladi.

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Seulda Ko‘k Uy maktabining o‘quvchilari bilan uchrashdi (Janubiy Koreya).

Pekin hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan Melaniya Tramp bu yerning yulduzi — Gu Gu pandasi bilan tanishdi.

Trampning Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan suhbati chog‘ida Amerika va Xitoy korxonalari umumiy qiymati 250 milliard dollardan ortiq bo‘lgan bitimlarni imzoladi.

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Buyuk Xitoy devorini ko‘zdan kechirdi. “Unutib bo‘lmas taassurot”, — deb yozdi u o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

AQSh prezidentni Donald Tramp va Vyetnam prezidenti Chan Day Kuang o‘zaro 12 milliard dollarlik tijorat bitimlarini imzoladi.

Donald Tramp hamda dunyoning boshqa rahbarlari Manilada (Filippin) bo‘lib o‘tgan Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) sammitida ishtirok etdi. “Bu 12 kun ajoyib o‘tdi”, — ta’kidladi Tramp AQShga qaytishdan oldin.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют