» » Germaniyada bolalar “aqlli soati” taqiqlandi. Ota-onalar ular yordamida o‘qituvchilarni yashirin tinglagan

Germaniyada bolalar “aqlli soati” taqiqlandi. Ota-onalar ular yordamida o‘qituvchilarni yashirin tinglagan


Germaniyada Federal tarmoq agentligi kattalarga bolalar yonida nima yuz berayotganligini tinglash imkonini beruvchi  “aqlli soat”lardan foydalanishni taqiqladi. Bunday texnologiya kuzatuv vositasi deb baholandi, deb yozadi Meduza.

Mansabdorlarning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi bolalarning ota-onalari “aqlli soat”lardan o‘qituvchilar sinfda nimalarni gapirishini eshitish uchun foydalangan. O‘qituvchilarning, ko‘pincha o‘quvchilarning o‘zlari ham bu paytda soatlari mikrofoni yoqilganligini sezmagan.

Agentlik “aqlli soat”lari bor bolalarning ota-onasiga ushbu gadjetlarni yo‘q qilishni tavsiya qildi.

Boshqarma gap hamma “aqlli soat”lar haqida ketmayotganligini ta’kidladi. Ular bola telefoni bilan aloqasiz ishlaydigan va “ovoz monitoringi” funksiyasiga ega bo‘lgan soatlardir. U boshqa telefonda dastur yordamida mikrofonni yoqish va bola yaqinida nima yuz berayotganligini eshitish imkonini beradi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют