» » “Nasaf” Qarshida “Paxtakor”ni yirik hisobda yengib, Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi. Toshkent grandi arosatda qoldi

“Nasaf” Qarshida “Paxtakor”ni yirik hisobda yengib, Chempionlar Ligasiga yo‘l oldi. Toshkent grandi arosatda qoldi


O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan markaziy o‘yinda “Nasaf” Toshkentning “Paxtakor” klubini yirik hisobda taslim qildi — 4:0. Shu tariqa Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari mavsumni vitse-chempion sifatida yakunlaydigan bo‘ldi. Chempionlik esa qatorasiga ikkinchi bor “Lokomotiv”ga nasib qildi.

Tomonlarning Toshkentda kechgan 1-davra o‘yinida “paxtakorchilar” 2:1 hisobida zafar quchgandi. Agar Qarshida ham bu holat takrorlansa, “Paxtakor” o‘zaro o‘yinlardagi ustunlikka erishib, 2-o‘rinni naqd qilishi mumkin edi. Boisi, “Nasaf”ga qarshi bellashuv “Paxtakor” uchun mavsumdagi so‘nggisi bo‘ldi. Shota Arveladze shogirdlari “Obod” ligadan chetlashtirilgani uchun, 30-turda dam oladi.

Qarshidagi bellashuv Osiyo Chempionlar Ligasiga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli edi. OFK O‘zbekiston uchun 1+2 kvotasini ajratgan bo‘lib, guruh bosqichiga yo‘llanma beruvchi yagona chiptani mamlakat chempioni sifatida “Lokomotiv” yutib oldi. “Nasaf” esa saralashda o‘ynash imkoniyatini taqdim etuvchi ikki chiptadan biriga ega chiqdi.

Bu “Nasaf”ning ketma-ket 11-g‘alabasi bo‘ldi. Berdiyev jamoasi so‘nggi bor 18-avgust kuni Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi “Bunyodkor”dan o‘z maydonida yengilgandi — 0:1. Shundan keyin “Nasaf” 11 ta uchrashuvda zafar quchdi va ularning 10 tasida darvozasidan gol o‘tkazmadi.

2017-yil hisobidan “Nasaf” va “Paxtakor” klublari o‘zaro to‘rt bor to‘qnash keldi va shularning 3 tasida Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi zafar quchdi. Chempionatdan tashqari O‘zbekiston Kubogining chorak finalida Qarshi klubi Toshkent grandini ikki bor mag‘lub etgandi — 3:0 va 1:0.

1-davradan keyin Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor” “Nasaf”ning ikki yetakchi futbolchisi — darvozabon Eldor Suyunov hamda himoyachi Sherzod A’zamovni xarid qilgandi. Ro‘ziqul Berdiyev ularga o‘rinbosar topa oldi. Masalan, darvozabon Sanjar Quvvatovning statistikasi avvalgi posbon Eldor Suyunovnikidan yaxshiroq bo‘ldi. “Paxtakor” esa 2-davrada ham Aleksandr Lobanov bilan o‘ynashda davom etdi va mavsumni yirik mag‘lubiyat bilan tugatdi.

O‘zbekiston Oliy Ligasi

29-tur bellashuvlari

19-noyabr, yakshanba

Gollar: Bobur Abduxoliqov, 43 (1:0). Dragan Cheran, 60-pen (2:0). Bahrom Abdurahimov, 77 (3:0). Dragan Cheran, 90 (4:0).

Опубликовано: admin (19-11-2017, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют