» » NATO bosh kotibi: Gruziya va Ukraina alyansga a’zo bo‘lishga hozircha tayyor emas

NATO bosh kotibi: Gruziya va Ukraina alyansga a’zo bo‘lishga hozircha tayyor emas


Gruziya va Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo bo‘lishga hozircha tayyor emas. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Bosh kotibning aniqlik kiritishicha, alyansga qo‘shilish uchun tashkilot standartlariga rioya etish zarur.

“Ukraina va Gruziya hozircha zarur darajada isloh bo‘lmagan. Ular mudofaa tizimlarini modernizatsiya qilishi, korrupsiyani yengishi va demokratik institutlarni mustahkamlashi lozim”, — ta’kidladi Yens Stoltenberg.

Shu bilan birga, bosh kotib alyans ikki davlatga ham islohotlar jarayonida yordam berayotganini qayd etdi.

“NATO eshiklari ochiq, sovuq urush yakunlanganidan beri uning a’zolari soni deyarli ikki barobar oshgani bunga dalil bo‘la oladi”, — dedi Stoltenberg.

Ma’lumot uchun, bu yil NATOga kirgan Chernogoriya alyansning 29-a’zosi bo‘ldi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют