» » Fransiyalik politsiyachi uch kishini otib o‘ldirdi, uch kishini yaraladi

Fransiyalik politsiyachi uch kishini otib o‘ldirdi, uch kishini yaraladi


Parijdan shimolroqdagi Sarsel shahrida politsiyachi uch kishini otib tashladi. Yana uch kishi yaralanib, shifoxonaga yotqizildi. Voqea 19-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Le Parisien.

Otishma natijasida politsiyachining rafiqasi, onasi va singlisi yaralandi, rafiqasining otasi, shuningdek, ikki qo‘shnisi halok bo‘ldi. 31 yoshli huquq-tartibot idorasi xodimining o‘zi joniga qasd qildi, voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar uning tanasini uy bog‘idan topdi.

AFP ma’lumotlariga qaraganda, shu voqeadan bir muddat ilgari rafiqasi yigitni tashlab ketishini aytgan. Ayni paytda tergovchilar fojiaga maishiy kelishmovchilik sabab bo‘lganini taxmin qilmoqda.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют