» » Aeroportdagi tartibsizliklar, uchish yo‘lagidagi to‘ng‘izlar: Hindistonning IndiGo aviakompaniyasiga hamma ofat bir paytda yog‘ildi

Aeroportdagi tartibsizliklar, uchish yo‘lagidagi to‘ng‘izlar: Hindistonning IndiGo aviakompaniyasiga hamma ofat bir paytda yog‘ildi


IndiGo aviakompaniyasi 11 yil avval tashkil topgan, biroq bu vaqt ichida Hindistonda yetakchiga aylanib ulgurdi. Tashuvchi mamlakat bozorining uchdan biridan ortig‘ini egallagan va bir necha marta Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aviakompaniya deb topilgan. Biroq 2017-yilning noyabri aviakompaniya uchun omadsiz keldi, deb yozadi Meduza.

Barchasi 4-noyabr kuni badmintonchi Pusarla Venkata Sindxu Twitter’da aviakompaniyani tanqid qilishidan boshlandi. U IndiGo xodimlari u bilan qo‘pol muomalada bo‘lganligini ma’lum qildi. Aviakompaniya ayoldan uzr so‘rashning o‘rniga sportchining o‘zi aybdorligini bildirdi: uning reysga kechikishiga oz qolgan, sumkasi esa qo‘l yuki sifatida olish uchun juda katta bo‘lgan.

Uch kundan so‘ng internetda yo‘lovchilarni urayotgan IndiGo xodimlari aks etgan video paydo bo‘ldi. Qaysidir sabablarga ko‘ra ular yo‘lovchining samolyot tomonga kelayotgan avtobusga chiqishini istamagan, yo‘lovchi esa unga chiqib olishga uringan. Oqibatda IndiGo xodimlari uni asfaltga qulatgan.

Video namoyish etilganda aviakompaniya ommaviy uzr so‘radi, biroq juda kech bo‘lgan edi. Twitter’da #boycottIndiGo kampaniyasi boshlandi. Yo‘lovchiga hujumni tasvirga tushirgan aviakompaniya xodimining ishdan bo‘shatilganligi ma’lum bo‘lgach, IndiGo yanada ko‘proq tanqidga uchradi.

13-noyabr kuni Lakxnau aeroportida IndiGo xodimlari nogironlik aravachasidagi yo‘lovchiga hamrohlik qildi va uni tasodifan yiqitib qo‘ydi.

Va nihoyat, aviakompaniya xodimlari harakatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yana ikki hodisa yuz berdi. 14-noyabr kuni bortida 150 yo‘lovchisi bo‘lgan havo kemasining Vishakxapatnam aeroportidagi parvozi oxirgi daqiqada bekor qilindi. Bunga uchish-qo‘nish yo‘lagiga to‘ng‘izning yugurib chiqishi sabab bo‘ldi. Oqibatda reys uch soatga kechiktirildi.

Ikki kundan so‘ng 134 yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot parvoz qilishi bilanoq qaytishga majbur bo‘ldi. Bunga uning qushlar bilan to‘qnashgani sabab bo‘ldi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют