» » Turkiya prezidenti NATOga ishonch masalasini shubha ostiga qo‘ydi

Turkiya prezidenti NATOga ishonch masalasini shubha ostiga qo‘ydi


NATO Turkiya raketa mudofaasi uchun o‘z tizimlarini taqdim etishdan bosh tortganidan so‘ng o‘ziga ishonch masalasini shubha ostiga qo‘ydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bunday tashkilotga ishonch masalasi alyansning o‘zida ham jiddiy savollar tug‘dirmoqda”, — dedi Turkiya prezidenti.

Erdo‘g‘onga ko‘ra, mamlakat havo hujumidan himoya tizimini mustahkamlash uchun Rossiyaning S-400 komplekslarini xarid qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlaganda NATO yetakchi davlatlari Anqarani tanqid qilishga o‘tdi.

2013-yil boshida Turkiya janubi-sharqidagi Suriya bilan chegaradosh uch tumanda Anqara so‘roviga binoan Germaniya, AQSh va Niderlandiyaning ikkitadan Patriot qurilmasi o‘rnatilgandi. 2015-yil avgustida Germaniya, bir oydan keyin esa AQSh Turkiya hududidan o‘z raketa tizimlarini olib chiqib ketishini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют