» » O‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqishi uchun Mugabega bir sutka vaqt berildi

O‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqishi uchun Mugabega bir sutka vaqt berildi


Hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasi syezdi mamlakat prezidenti Robert Mugabe oldiga ultimatum qo‘ydi. Agar u 20-noyabr soat 12:00 ga qadar o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqmasa, partiya uni mansabdan chetlashtirish jarayonini boshlaydi. Bu haqda partiya yetakchilaridan biri Patrik Chinamasu bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Chinamasa Mugabe rafiqasi Greys, shuningdek, bir necha vazirlar bilan birga partiyadan chetlatilganini, qator amaldorlarga qarshi surishtiruv boshlanishini bildirdi.

Partiya prezidentlikka nomzod sifatida yangi rais, maxsus xizmatlarining sobiq rahbari Emmerson Mnangagva ko‘rsatiladi. Aynan uning Greys Mugabe talabiga ko‘ra iste’foga chiqishi harbiy to‘ntarishga sabab bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (19-11-2017, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют