» » Fotogalereya: Daraxtlar haqidagi 6 ta haqiqat

Fotogalereya: Daraxtlar haqidagi 6 ta haqiqat


Ko‘pchilikda barcha daraxtlar olovda yonadi, suvda esa cho‘kmaydi degan tushuncha bor. AdMe ana shu tushunchalardan istisno bo‘lgan daraxtlar jamlanmasini taqdim etdi.

Daraxtlarning olovda yonmaydigan ko‘plab turlari bor. Bular — chirmoviq daraxti, rozmarin, Avstraliya evkalipti va Shimoliy Amerika sekvoyasi. Ularning olovga chidamliligi bir nechta qatlamdan iborat va issiqni kam o‘tkazuvchi qalin postlog‘ining borligi bilan izohlanadi.

Daraxtlarning suvda cho‘kuvchi turlari mavjud. Masalan, Argentina va Paragvayda o‘suvchi qora daraxt dunyodagi eng og‘ir daraxt hisoblanadi. Rossiyaning Primorskiy o‘lkasida o‘suvchi Shmidt qayini cho‘yandan bir yarim marta mustahkamroq hisoblanadi. Agar unga miltiqdan o‘q otilsa, o‘q daraxt tanasida iz qoldirib, ortga qaytadi.

Osiyoning tropik o‘rmonlarida non daraxti o‘sadi. Uning yumaloq mevalari tarkibida pishirish mumkin bo‘lgan bo‘laklari bor. Okeaniya orollarida esa “pirog” daraxti o‘sadi. Uning sariq mevalari ta’m va ko‘rinish jihatdan haqiqiy piroglarni eslatadi. Osiyoning janubi-sharqida esa konfet daraxtlarini uchratish mumkin.

Aniqlanishicha, daraxtlar barglari rangining o‘zgarishi fotosintezning kuchayishi natijasida ko‘payadigan qand moddasi sababli yuz bermaydi. Barglar rangining o‘zgarishi ularning hayot davomiyligini uzaytiradi va quyosh nurlanishlaridan himoya qoplami sifatida xizmat qiladi.

Tayga va tundrada bo‘ladigan sovuqqa qaramasdan, u yerda daraxtlar o‘sadi. Taygada bo‘ladigan uzoq va iliq yozda daraxtlar qalin postloqqa ega bo‘ladi. Tundrada esa yoz qisqa bo‘lgani uchun daraxtlar bunday himoya qatlamiga ega bo‘la olmaydi. Shuning uchun u yerda past bo‘yli o‘simlik dunyosi o‘sadi.

Venesuela junglilarida ildizi tana bo‘ylab yuqoriga o‘sadigan daraxtlar bor. Bunga tuproqda ozuqaning juda kamligi sabab bo‘ladi. Shuning uchun ildizlar tana bo‘ylab yuqoriga ko‘tariladi va yomg‘ir suvlaridan o‘ziga kerakli minerallarni yig‘ib oladi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют