» » O‘zbekiston AKTni rivojlantirish reytingida yuqorilab, 95-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston AKTni rivojlantirish reytingida yuqorilab, 95-o‘rinni egalladi


2017-yilning 14—16-noyabr kunlari Tunis Respublikasida Butunjahon telekommunikatsiya/AKT ko‘rsatkichlari 15-simpoziumi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

WTIS forumida “Axborotlashgan jamiyat ko‘rsatkichlari” reytingi e’lon qilinib, AKTni rivojlantirish bo‘yicha 190 dan ziyod davlatlarda o‘tkazilgan o‘rganishlarning so‘nggi natijalari ma’lum qilindi. Xalqaro Elektraloqa ittifoqining 2017-yildagi hisobotlariga ko‘ra O‘zbekiston AKTni rivojlantirish indeksida 8 o‘rin yuqoriga ko‘tarilib, 192 mamlakat orasida 95-o‘rinni egalladi. Aytish joizki, 2016-yilda O‘zbekiston avvaliga 110-o‘rinni, Xalqaro elektraloqa ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan qayta o‘rganishlar natijasida esa, 103-o‘rinni egallagan edi. Simpoziumda O‘zbekiston AKTni jadal rivojlantirayotgan davlat sifatida taqdirlandi.

WTIS simpoziumi – bu davlatlardagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holatini baholaydigan bosh xalqaro forum hisoblanadi. 1996-yildan boshlab forumda mamlakatlardagi AKT ma’murlari rahbarlari, yirik biznesmenlar, yetakchi olim hamda ekspertlar ishtirok etib kelmoqda. Unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati, mavjud muammo va yechimlar muhokama qilinadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 113) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют