» » “Bunyodkor”da Akmal Risqullayev farzandlari marhum otalarining shogirdlariga chempionlik kubogini topshirdi (foto)

“Bunyodkor”da Akmal Risqullayev farzandlari marhum otalarining shogirdlariga chempionlik kubogini topshirdi (foto)


O‘zbekiston Oliy Ligasining 29-turidan joy olgan “Bunyodkor” — “Buxoro” o‘yini 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi.

11-noyabr kuni “Bunyodkor” akademiyasida faoliyat olib boradigan murabbiy Akmal Risqullayev olamdan o‘tgani xabar qilingandi. Sobiq futbolchi 2002-yilda tug‘ilgan bolalarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgandi.

Oliy Liganing 29-turi oldidan aynan Akmal Risqullayev xotirasi yodga olib o‘tildi. Shu kuni “Bunyodkor” klubi rahbariyati tashkiliy masalada qolganlarga o‘rnak bo‘ldi, deb yozdi “Offside.uz”. “Bunyodkor” va “Buxoro” jamoalari maydonga Akmal Risqullayev suratlari tushirilgan futbolkalarda chiqib keldi. Shuningdek, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar ham xotira futbolkalarini kiyib olgandi.

Ermatov o‘z hushtagi bilan stadionni 1 daqiqalik sukutga chorladi. Keyin futbolchilar o‘zlari yetaklab chiqqan yosh futbolchilarga egnilaridagi futbolkalarni kiydirib qo‘yishdi. Ular aynan Risqullayev qo‘l ostida futbol bilan shug‘ullanib kelayotgan bolakaylar edi.

Akmal Risqullayev jamoasi shu yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, murabbiy o‘limidan birozgina oldinroq, “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari Qozog‘istondagi xalqaro turnirda chempion bo‘lgandi. Aynan o‘sha kubok “Bunyodkor” stadionida yosh futbolchilarga tantana bilan topshirildi.

Biroq shu kuni g‘olib bolalar yuzida quvonch emas, ko‘zlarida yosh bor edi, deb yozdi nashr jurnalisti. Bu esa murabbiy shogirdlarining qalbidan chuqur joy olganini ko‘rsatib turgandi. Kubokni yosh futbolchilarga Akmal Risqullayevning farzandlari topshirgani esa, nafaqat stadionni, balki futbolchi va hakamlar ko‘zini ham yoshlagani bor gap.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют