» » Jazoir sohil qo‘riqlash xizmati Yevropaga noqonuniy suzib o‘tmoqchi bo‘lgan qariyb 300 kishini to‘xtatib qoldi

Jazoir sohil qo‘riqlash xizmati Yevropaga noqonuniy suzib o‘tmoqchi bo‘lgan qariyb 300 kishini to‘xtatib qoldi


Jazoir sohil qo‘riqlash xizmati O‘rtayer dengizi orqali Yevropaga noqonuniy tarzda suzib o‘tmoqchi bo‘lgan 280 dan ortiq jazoirlikni to‘xtatib qoldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Jazoir mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, sohil qo‘riqlash xizmati 16—19-noyabr kunlari Yevropaga qayiqda suzib o‘tmoqchi bo‘lgan 286 kishini qo‘lga olgan.

Jazoir qonunlariga ko‘ra, respublika hududini noqonuniy tark etishga uringanlar olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Noqonuniy odam tashish faoliyati bilan shug‘ullangan fuqarolar esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют