» » Amerikalik taniqli seriyali qotil Charlz Menson vafot etdi

Amerikalik taniqli seriyali qotil Charlz Menson vafot etdi


AQShdagi turmalardan birida umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan amerikalik seriyali qotil Charlz Menson 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda TMZ portali Mensonning qurbonlaridan birining opasiga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Qizning aytishicha, qotil jazoni o‘tayotgan qamoqxona uning qurbonlari qarindoshlari bilan aloqa saqlab turadi. Toshkent vaqti bilan 20-noyabr kuni 9:13 da unga qo‘ng‘iroq qilib, Mensonning o‘limi haqida xabar berishgan.

ABC News telekanali qamoqxona vakiliga tayanib, Mensonning vafotini tasdiqladi. Avvalroq qotil qamoqxonadan kasalxonaga yetkazilgani ma’lum qilingan edi.

Menson 1969-yilda o‘zining “Oila” deb nomlangan jinoiy guruhi bilan birga rejissor Roman Polanskining rafiqasi Sheron Teyt va uning to‘rt nafar do‘stini o‘ldirgan. Bundan tashqari, Menson yana ikkita qotillikda aybdor deb topilgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u sodir etgan qotilliklarning soni bundan ham ko‘proq.

Menson va uning uch sherigiga o‘lim jazosi berilgan, biroq 1972-yilda Kaliforniyada o‘lim jazosi bekor qilingani uchun ular umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют