» » AQShdagi maoshi 100 ming dollardan yuqori 20 ta mutaxassislik ro‘yxati e’lon qilindi

AQShdagi maoshi 100 ming dollardan yuqori 20 ta mutaxassislik ro‘yxati e’lon qilindi


USA Today nashri Indeed kompaniyasining AQShdagi 100 ming dollardan yuqori haq to‘lanadigan 20 ta mutaxassislik jamlangan hisobotini e’lon qildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

Ro‘yxatdagi katta maosh to‘lanadigan vakansiyalarning aksariyati sog‘liqni saqlash va texnologiyalar sohasiga tegishli. Jumladan, reytingning eng yuqorisidan nevrolog va psixiatr kasblari o‘rin olgan.

“Bu lavozimlarni egallash oson emas, yuksak malaka talab etiladi. Masalan, shifokor o‘qish uchun o‘rtacha 14 yil sarflaydi. Texnologiyalar sohasida yaxshi haq to‘lanadi, biroq bu ishga da’vogarlik qilish uchun ham oliy ma’lumot talab etiladi”, — deyiladi hisobotda.

Maoshi 100 ming dollarda yuqori 20 ta kasb ro‘yxati:

Nevrolog — 217 837 dollar;

Psixiatr — 194 563 dollar;

Anesteziolog — 173 694 dollar;

Radiolog — 168 706 dollar;

Terapevt — 165 391 dollar;

Stomatolog — 157 250 dollar;

Mahsulotlarni sotish bo‘yicha direktor — 147 363 dollar;

Xirurg — 140 892 dollar;

Mashina o‘quvi algoritmlarini ishlab chiquvchi muhandis — 137 332 dollar;

Sotuvlar bo‘yicha vitse-prezident — 136 071 dollar;

Ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash bo‘yicha mutaxassis — 135 315 dollar;

Moliyaviy direktor — 127 887 dollar;

Android ishlab chiquvchisi — 120 971 dollar;

Katta muhandis-ishlab chiquvchi — 119 791 dollar;

Dasturlar ishlab chiquvchi — 111 709 dollar;

Aktuariy (sug‘urta hisob-kitoblari mutaxassisi) — 111 474;

Soliq menejeri — 108 515 dollar;

Biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor — 107 789 dollar;

Me’mor — 104 080 dollar;

Amaliyotchi hamshira — 103 233 dollar.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 13:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют