» » Xabarovskdagi aviahalokatda omon qolgan qizcha muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

Xabarovskdagi aviahalokatda omon qolgan qizcha muvaffaqiyatli operatsiya qilindi


Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasi Nelkan qishlog‘ida L-410 samolyotining qulashi oqibatida sinish jarohatlarini olgan qizcha muvaffaqiyatli ravishda operatsiya qilindi, deb xabar beradi “Interfaks”.

“Hammasi ko‘ngildagidek o‘tdi, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qizcha operatsiyadan yaxshi chiqdi. Uning ahvoli qoniqarli”, — deydi Xabarovsk o‘lkasidagi A.K. Piotrovich nomidagi klinik shifoxona bosh shifokori Ivan Goncharov.

U, shuningdek bu turdagi sinish jarohatlari bir yarim oy davomida davolanishini qo‘shimcha qildi.

“Uyga javob berish haqida gapirishga hali erta”, — deydi Goncharov.

15-noyabr kuni Xabarovsk-Nelkan yo‘nalishida parvoz qilgan L-410 samolyotining qulashi oqibatida bortda bo‘lgan yetti nafar yo‘lovchilar ichidan faqatgina to‘rt yoshli qizcha omon qolgan edi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют