» » Yaponiyadagi amerikalik harbiylarga mast dengiz piyodasi ishtirokidagi YTHdan so‘ng alkogol taqiqlandi

Yaponiyadagi amerikalik harbiylarga mast dengiz piyodasi ishtirokidagi YTHdan so‘ng alkogol taqiqlandi


Yaponiya hududidagi barcha amerikalik harbiylarga Okinavada yuz bergan mast dengiz piyodasi ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasidan so‘ng alkogol iste’moli taqiqlandi. Bu haqda AQSh harbiy kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Mazkur YTH oqibatida mahalliy aholi vakili halok bo‘ldi.

“Yaponiya hududidagi harbiy xizmatchilarga baza va uning tashqarisida alkogol mahsulotlari sotib olish taqiqlandi”, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga harbiy xizmatchilarning YTH sodir bo‘lgan hudud — Okinavaga kelishi ularning bazasi va yashash joylari tomonidan cheklandi.

Xabarda qayd etilishicha, bu yangi cheklovlar 19-noyabr, yakshanba kuni tongda Naxa shahrida yuz bergan va mahalliy aholi vakilining o‘limi bilan yakunlangan baxtsiz hodisadan so‘ng o‘rnatildi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют