» » Norvegiya qiroli infeksiya tufayli shifoxonaga yotqizildi

Norvegiya qiroli infeksiya tufayli shifoxonaga yotqizildi


Norvegiyaning 80 yoshli qiroli Xarald V infeksiya yuqtirib olgani tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda qirol saroyi matbuot xizmatiga asoslanib, “Kazinform” xabar bermoqda.

“Qirol hazrati oliylari infeksiya tufayli Oslo shahridagi Qirollik shifoxonasiga joylashtirildi. Hozirda uning ahvoli qoniqarli, qirol asta-sekin tuzalmoqda”,— deyiladi xabarda.

Saroy xodimlari qirol dushanba kuni ishtirok etishi mo‘ljallangan tadbirda qatnasha olmasligini ma’lum qilgan.

Xarald V ga 2003-yilda saraton tashxisi qo‘yilgan, shu munosabat bilan uning qovug‘i olib tashlangan. 2005-yilda uning yuragidagi aorta klapanini almashtirish uchun bir necha bor operatsiyalar qilingan.

Biroq, shunga qaramay norvegiyalik monarx hozirga qadar faol hayot tarzini olib borishda davom etmoqda va butun dunyo bo‘ylab turli tadbirlarda qatnashmoqda.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют