» » “Erkin demokratlar” Angela Merkel bilan koalitsiyadan voz kechdi. Endi Bundestagga qayta saylovlar o‘tkazilishi mumkin

“Erkin demokratlar” Angela Merkel bilan koalitsiyadan voz kechdi. Endi Bundestagga qayta saylovlar o‘tkazilishi mumkin


Germaniya Erkin demokratik partiyasi yangi Bundestagda hukmron koalitsiya tuzish haqidagi muzokaralarni to‘xtatdi. Ular Angela Merkelning XDS/XSS bloki va “Yashillar” bilan birga “Yamayka” koalitsiyasining bir qismiga aylanishi kerak edi, deya xabar beradi Meduza.

“Mamlakatni yomon boshqargandan ko‘ra umuman boshqarmagan ma’qul”, — dedi Erkin demokratlar yetakchisi Kristian Lindner.

Muzokaralardagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablari sifatida soliq islohoti, immigratsiya siyosati (Merkel muhojirlar qabul qilishni qisqartirishni taklif etmoqda) va atrof-muhit muhofazasi mavzulari ekanligi bildirilmoqda.

Endi voqealar rivojining ikki varianti ko‘rib chiqilmoqda: Merkel muxolifat partiyalar ovozlarini to‘plab, kamchilik koalitsiyasini shakllantirishi mumkin yoki Bundestagga qayta saylov e’lon qilinadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют