» » Tailand poytaxtida karusel qulashi tufayli 15 kishi jarohatlandi

Tailand poytaxtida karusel qulashi tufayli 15 kishi jarohatlandi


Bangkok janubida sakkizoyoq ko‘rinshidagi karusel qulashi tufayli 15 kishi jarohatlandi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Hodisa 19-noyabr, yakshanba kuni kechki payt, mahalliy vaqt bilan soat 21.00 da ro‘y berdi. 40 kishiga mo‘ljallangan attraksion ishga tushirilgani zahoti undan yo‘lovchilar tushgan ikki kajava uzildi, qurilmaning o‘zi esa keskin to‘xtab, qiyshayib qoldi. 

Barcha jabrlanganlar kasalxonaga yetkazildi. Hodisa joyiga kelgan politsiya attraksion egasi va operatorini so‘roq qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avariya karusel gidravlika tizimidagi nosozlik sababli sodir bo‘lgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют