» » Atambayev Qirg‘izistonda muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi

Atambayev Qirg‘izistonda muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishiga qarshi chiqdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatda muddatidan oldingi parlament saylovlari o‘tkazilishiga qarshi chiqadi. Bu haqda u 20-noyabr, dushanba kuni Bishkekdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Muddatidan oldingi parlament saylovlariga qarshiman. Biroq parlamentni to‘rt yilga saylash lozim deb hisoblayman, besh yil — ko‘p”, — deydi u.

Atambayevning so‘zlariga qaraganda, u lavozimni tark etgandan so‘ng bosh vazir, spiker yoki deputat bo‘lmoqchi emas, biroq ko‘p yillar avval o‘zi asos solgan Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi ishlari bilan shug‘ullanishni rejalashtirmoqda.

Bu Atambayevning respublika prezidenti sifatidagi oxirgi matbuot anjumani, uning vakolatlari muddati joriy yilning 24-noyabrida nihoyasiga yetadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 18:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют