» » Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uch bemorning ikkisi qo‘lga tushdi

Toshkentdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qochgan uch bemorning ikkisi qo‘lga tushdi


Toshkentning Olmazor tumanidagi kuchaytirilgan tartibdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasidan 20-noyabr kuni qochib ketgan uch bemorning ikki nafari qo‘lga olindi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, tanaga qasddan jarohat yetkazish moddasi bilan sudlangan Ma’ruf Rashidov va giyohvandlik moddalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ulangani uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan Ahror Hamroyev qo‘lga olingan.

IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda uchinchi qochoq bemor — o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan Sherqul Omonovni qo‘lga olish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda. IIBB saytida uning surati e’lon qilingan:

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur uch fuqaroga ruhiy kasalliklar shifoxonasida sud qaroriga asosan majburiy tartibdagi tibbiy choralar ko‘rib kelinayotgan bo‘lgan.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют