» » Chilonzor Seul okruglaridan biri bilan do‘stlik va hamkorlik kelishuvini imzolaydi

Chilonzor Seul okruglaridan biri bilan do‘stlik va hamkorlik kelishuvini imzolaydi


Toshkent shahar hokimiyati delegatsiyasi tarkibida shahar hokimi o‘rinbosari A. Tillayev va Chilonzor tumani hokimi D. Hidoyatovlar 16–18-noyabr kunlari Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida bir qator muzokara va uchrashuvlarni o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, Seul vitse-meri Chang-beom Kim bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlariga ko‘ra Seul va Toshkent shaharlari hokimliklari o‘rtasida turizm, sport va keng qamrovli o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hamkorlik doirasida “Suvsoz” DUKning o‘n xodimi 2018-yilda Seul shahriga tajriba almashish va malaka oshirishga yuboriladi.

Delegatsiya LG CNS pudratchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida Toshkent shahar jamoat transportida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish (TOPIS) loyihasi muhokama etildi.

Shuningdek, Seulning Chung-gu va Sodemun okruglari rahbarlari bilan ikki shaharning tumanlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning istiqbollari muhokama markazida bo‘ldi. Chilonzor tumani va Sodemun okruglari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik kelishuvi imzolanishi qayd etildi.

Delegatsiya issiqlik ishlab chiqarish va uzatish tajribasini o‘rganish maqsadida Seul shahridagi Korea District Heating Corp. korporatsiyasining issiqlik elektr stansiyasiga ham tashrif buyurdi. Tomonlar joriy yilning oxiriga qadar Toshkent shahar issiqlik yetkazish xizmatining besh xodimi ushbu korporatsiyada malaka oshirishi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Oldinroq xabar berilganidek, tashrif davomida Yeoju Institute of Technology oliy ta’lim maskanining filialini Toshkentda ochish borasida kelishib olindi.

Navbatdagi uchrashuvni delegatsiya Hyundai Department Store Group kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazdi. Tomonlar qurilish sohasidagi maxsus texnika vositalarining butlovchi qismlari va qurilish mollarini yetkazib beruvchi 20 million dollar qiymatdagi kelishuvga erishdi. Kompaniyaning direktorlar kengashi 18-noyabr kuni ushbu kelishuvga o‘z roziligini bildirdi.

Shuningdek, Geo 2 Kom. Ltd. kompaniyasi vakillari bilan Toshkent shahrining zamonaviy axborot-kommunikatsion kadastr tizimi loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama etildi. 3–5 million dollarga baholangan loyiha bo‘yicha o‘zaro kelishuv imzolanadi.

Khil Pyung Co. Ltd. kompaniyasi rahbari bilan uchrashuvda ikki yil davomida 7 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish orqali Toshkent shahrida ko‘p funksiyali turar-joy majmuasini qurilishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Daesung Celtic Enersys. va Jeil Architecture kompaniyalari rahbarlari bilan ham muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Toshkent shahar hokimiyati bilan hamkorlikda gaz isitish moslamalari va elektr energiyani tejash tizimini joriy etuvchi korxona ochish bo‘yicha kelishuv tayyorlandi. Loyihaning qiymati 2 million dollarga baholanmoqda.

Jeil Construction kompaniyasi rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Toshkent viloyatining besh hududida energiyadan samarador foydalanuvchi uylardan iborat eko-shaharcha qurish loyihasini amalga oshirish kelishuvi muhokama qilindi. Loyihaning dastlabki qiymati 6 million dollar atrofida bo‘lib, koreyalik hamkorlar tomonidan moliyalashtiriladi.

Kelishuvlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi davomida imzolanadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют