» » Immunitetni mustahkamlovchi oziq-ovqatlar

Immunitetni mustahkamlovchi oziq-ovqatlar


Kuzgi-qishki davr — bu nafaqat kuchli taomlar va isituvchi sho‘rvalar iste’mol qilish davri hisoblanadi. Yilning bu fasliga shamollash kasalliklariga chalinishning eng avjiga chiqqan davri ham to‘g‘ri keladi.

Mutaxassislar kasallik o‘zini namoyon qilguncha kutib o‘tirmaslikni va organizmning immun xususiyatlarini kuchaytirish bilan jiddiy shug‘ullanishni maslahat beradi. Bunda kundalik oziq-ovqat ratsioni asosiy rollardan birini o‘ynaydi.

Uni, katta qismi foydali ovqatlardan iborat bo‘ladigan qilib tuzish juda muhimdir.

C vitaminiga boy bo‘lgan sitrusli va boshqa oziq-ovqatlar

Mutaxassislarning fikricha, immunitetni ko‘tarish uchun ovqatga C vitaminiga boy bo‘lgan katta miqdordagi oziq-ovqatlar ishlatilishi kerak.

Sitruslilar — bu C vitamini haqida so‘z yuritilganda birinchi bo‘lib aqlimizga keladigan mevalar. Lekin ekspertlar C vitaminining boshqa ko‘plab tabiiy manbalari ham borligini ta’kidlaydi.

Faqat apelsin va mandarinlar yeyish shart emas. To‘q rangli barg ko‘katlar, qizil shirin qalampir, qulupnay, bryussel karami va boshqa oziq-ovqatlar ham C vitaminiga juda boy.

Tarkibida rux miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqatlar

Organizmga yetarli miqdorda rux moddasining kelib tushishi immun tizimi faoliyatini zarur holatda ushlab turishda muhim ahamiyatga egadir.

Ruxga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar shamollashning oldini olishga, shuningdek kasallikning kechish muddatini va agar u boshlangan bo‘lsa, umumiy alomatlarining og‘irlik darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Immunitet yaxshi ishlashi uchun zarur bo‘ladigan rux miqdorini ushlab turish maqsadida pishirilgan loviya, parranda go‘shti, yog‘siz go‘sht, yogurt va oshqovoq urug‘larini iste’mol qilib turish kerak.

Probiotiklar

Mutaxassislar O‘RVIning oldini olish vositasi sifatida probiotiklarga e’tibor qaratishni maslahat beradi. Ichak mikroflorasi infeksiyaga qarshi himoyaning tabiiy omili hisoblanadi.

Tadqiqotlar probiotik oziq-ovqatlarni har kuni iste’mol qilish  immunomodulyatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Immunitetni mustahkamlash uchun har kuni yogurt, tvorog va qatiq iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Omega-3 yog‘ kislotasiga boy bo‘lgan oziq-ovqatlar

Zig‘ir yog‘i va yog‘li baliq tarkibida uchraydigan Omega-3 yog‘ kislotasi immun kuchaytiruvchi sifatida ta’sir ko‘rsatadi.

Tunets, losos, sardina va skumbriya baliqlari, shuningdek zig‘ir urug‘i va zig‘ir yog‘i Omega-3 yog‘ kislotasining eng yaxshi manbalari hisoblanadi.

Manba: “Zdorovie.com”

Опубликовано: admin (20-11-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют