» » Oltinko‘lda birinchi namunali dehqon bozori ishga tushirildi

Oltinko‘lda birinchi namunali dehqon bozori ishga tushirildi


Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani Oqtepa qishlog‘ida zamonaviy dehqon bozori qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Loyiha qiymati 2 milliard 350 million so‘m bo‘lgan ushbu majmua Prezidentning 27-martdagi “2017–2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Global Invest Premium MChJ tomonidan barpo etildi.

Bozor nafaqat Oltinko‘l, balki qo‘shni Shahrixon va Baliqchi tumanlari aholisi uchun ham katta qulaylik yaratdi. Jami 126 savdo rastasiga ega bozorda barcha turdagi mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yish, xaridorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida oynavand pavilyonlar barpo etildi, konditsionerlar o‘rnatildi. Shuningdek, avtomobillar uchun to‘xtash joyi, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etildi. 130 ga yaqin doimiy ish o‘rni yaratildi.

Bozor ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют