» » Yevropa Ittifoqi Myanmaga roxinjalarning qaytishini muhokama qilish taklifini berdi

Yevropa Ittifoqi Myanmaga roxinjalarning qaytishini muhokama qilish taklifini berdi


Myanmadan qochib ketgan roxinja musulmonlari bilan bog‘liq gumanitar inqirozni bartaraf etish uchun Myanma va Bangladesh o‘rtasida muzokaralar olib borilishi lozim. Bu haqda Yevropa tashqi aloqalar xizmati rahbari Federika Mogerini bayonot berdi, deb xabar qiladi “RBK”.

Uning so‘zlariga qaraganda, ikki mamlakat oldida zo‘ravonlikni to‘xtatish, roxinja qochqinlarining sonini qisqartirish va ularning Myanmaga qaytishini ta’minlash vazifalari turibdi.

Mogerini bunga qadar Myanma davlat maslahatchisi (hukumat rahbari) Aun San Su Chji bilan muzokaralar o‘tkazgan edi. Undan bir kun oldin, 19-noyabr kuni Mogerini Dakkada Bangladesh bosh vaziri Shayx Xasina Vazed bilan uchrashdi.

Myanmada avj olgan etnik va diniy zo‘ravonlik oqibatida yuz minglab roxinjalar ushbu mamlakatdan qochib ketdi. Ayni paytda ular Bangladeshdagi qochqinlar lagerlarida og‘ir ahvolda yashamoqda.

Yil boshidan buyon Yevroittifoq gumanitar inqiroz doirasida Myanma va Bangladeshga 51 million yevro ajratdi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 23:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют