» » O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi


Toshkent va Samarqandda 21–22-noyabr kunlari “Inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha qiyosiy ko‘rsatkichlar: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Konferensiya Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi va uning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi, BMT Taraqqiyot dasturi va F. Ebert nomidagi jamg‘armaning (Germaniya) O‘zbekistondagi vakolatxonalari, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida tashkil etilmoqda.

Xalqaro konferensiyaning maqsadi butun dunyoda inson huquqlari sohasida taraqqiyot mezonlarini o‘lchash bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish, milliy ko‘rsatkichlarni belgilash, inson huquq va erkinliklarining alohida toifasi, jumladan, globallashuv va axborot texnologiyalari sharoitida inson huquq va erkinliklariga rioya etish va ularni himoya qilishni ta’minlashga doir indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiya ishida BMTning Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo‘yicha qo‘mitasi raisi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Ombudsmanlari, shuningdek, Ozarbayjon va Polsha Ombudsman institutlari vakillarining ishtirok etadi.

Anjuman doirasida o‘tkaziladigan ikki yalpi va to‘rt shu’ba yig‘ilishlarida milliy va xalqaro tajriba ko‘rib chiqiladi.

Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, ijro va sud hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ta’lim muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 23:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют