» » PFL o‘z qaroriga o‘zgartirish kiritdi. Endi Oliy Liga Super Ligaga, 33 ta tur esa 38 taga aylanadi

PFL o‘z qaroriga o‘zgartirish kiritdi. Endi Oliy Liga Super Ligaga, 33 ta tur esa 38 taga aylanadi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 2018-yilgi mavsumdan boshlab Super Liga deb yuritiladi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati PFL Ijroqo‘miga asoslanib, ma’lumot berdi.

Avvalroq PFL Oliy Liga jamoalari soni 12 taga kamayishi borasida bayonot bergandi. Super Ligada ham bu ko‘rsatkich saqlab qolinadi. Biroq tur o‘yinlari bungacha aytilgani kabi 33 tani tashkil qilmaydi, balki 38 taga yetkaziladi. Ya’ni, jamoalar o‘zaro 3 davra o‘ynash bilan mavsumni tugatmaydi.

Endilikda 33 ta turdan keyin 1—6-o‘rinni egallagan jamoalar chempionlik masalasini hal qilish uchun o‘zaro yana 5 ta uchrashuv o‘tkazadi. 7—12-pog‘ona sohiblari esa quyi ligaga tushib ketmaslik uchun xuddi shunday 5 ta o‘yinda maydonga tushadi. O‘zbekiston Birinchi Ligasi ham kelasi mavsumdan boshlab o‘z nomini o‘zgartirib, PRO-Liga deb yuritiladi.

O‘zbekiston PRO-Ligasida 16 ta jamoa ishtirok etadi. Mamlakat Oliy Ligasining 2016-yildagi formatidek, PRO-Ligada jamoalar 15 ta uy va 15 ta safar uchrashuvida ishtirok etadi.

Bungacha PFL Oliy Ligani 11-o‘rindan past pog‘ona yakunlagan klub quyi ligaga tushib ketishi va quyi liga peshqadami elitaga qo‘shilishi haqida aytgandi. Mazkur qarorga ham o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, Super Ligadan 1 ta klub avtomatik ravishda uchirma bo‘ladi. Undan oldingi o‘rin egasi esa PRO-Liganing 2-o‘rnini band etgan klub bilan uy va safar o‘yinida bellashib ko‘radi, g‘olib Super Ligada o‘ynaydi.

PFL Super Ligadagi 34—38-turlar qanday ko‘rinishda o‘tishiga oydinlik kiritmagan. Ya’ni, 33-turdan keyin chempionlik uchun kurash olib boradigan va quyi ligaga tushib ketmaslik harakatida bo‘ladigan jamoalarning qaysi maydonda o‘ynashi aytilmagan. Masalan, bu neytral maydon ko‘rinishida bo‘ladimi yoki mezbon jamoa qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadimi — ma’lum emas.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют