» » Toshkent tumanida 18 yoshli qiz qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi

Toshkent tumanida 18 yoshli qiz qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi


Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashovchi kollej o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan M.A. 2017-yilning 18-noyabr kuni soat 14:30 da uyi oldida qo‘shnisi, 1970-yilda tug‘ilgan X.K. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjallashib qolgan. O‘quvchi qiz X.K.ning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi.

Natijada jabrlanuvchi X.K. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ashyoviy dalil sifatida oshxona pichog‘i olingan. Tergov harakatlari Toshkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan olib bormoqda.

Xabarga ko‘ra, 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro T.M. 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro M.A.ning qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, telefon raqamini X.K.dan olganligini aytadi. M.A. jahl ustida X.K.ning uyi oldiga chiqib, nima sababdan telefon raqamini tarqatib yurganligini so‘raganida, X.K. spirtli ichimlik ta’sirida har xil so‘zlar bilan uni haqorat qiladi. M.A. bu holatda qiziqqonlik qilib, X.K.ning qorniga oshxona pichog‘i tiqib oladi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют