» » Astronomlar o‘zga sayyoraliklarga xabar jo‘natdi

Astronomlar o‘zga sayyoraliklarga xabar jo‘natdi


Shu yilning martida aniqlangan, Yerdan 12 yorug‘lik yili masofasida Kichik it yulduzlar turkumida joylashgan GJ273b sayyorasiga xat yuborildi, deb yozadi “Naukatv.ru”. Olimlar fikricha, sayyora GJ273 mitti qizil yulduzining yashash mumkin bo‘lgan zonasida joylashgan bo‘lib, unda suyuq suv va ehtimol hayot bo‘lishi mumkin.

Sayyora joylashgan masofa ehtimoliy javobni kamida 25 yil ichida olish imkonini beradi, deydi olimlar.

Xat Puerto-Rikodagi Aresibo radioteleskopidan 1974-yilda xabar uatilganida 43 yil to‘lishi munosabati bilan yuborildi. O‘shanda olimlar potensial o‘zga sayyoraliklarga Quyosh tizimidagi sayyoralar, DNK tuzilmasi hamda Yer va unda yashovchilar haqidagi boshqa ma’lumotlarni jo‘natgan edi.

Bu safar astronomlar arifmetika, geometriya va trigonometriya, o‘z ichida xabar saqlaydigan radioto‘lqinlar, shuningdek, xronometraj haqidagi ma’lumotlarni yubordi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют