» » Buxoroda plastik kartochkalarni naqdlashtirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi

Buxoroda plastik kartochkalarni naqdlashtirib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar qo‘lga olindi


Buxoroda plastik kartochkalardagi pullarni naqdlashtirib berishni va’da qilib bir necha nafar fuqarolarni chuv tushirgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy saytida xabar berildi.

Qorovulbozor tumani, Mustaqillik ko‘chasi 1-uy, 6-xonadonda yashovchi,  1995-yilda tug‘ilgan Ubaydullayev Muhriddin Husniddin o‘g‘li o‘zgalarning mol-mulkini qo‘lga kiritish maqsadida jinoiy sherigi Qorovulbozor tumani, Bo‘zachi MFY, Sardoba qishlog‘ida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan Zaripov Nodirjon Olimjon o‘g‘li bilan jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlashib, Jondor tumani, Qaroli MFY, Xorsafed qishlog‘ida yashovchi Jabborov Ruslan Ilhomovichga tegishli bo‘lgan “Mikrokreditbank” tomonidan berilgan, 11 275 000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkani aldab va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan 13 foizga naqdlashtirib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan plastik kartochkani qo‘lga kiritib, jabrlanuvchiga jami 11 275 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, M.Ubaydullayev jinoiy harakatlarini davom ettirib Qorovulbozor shahar, Alpomish ko‘chasi 44-uyda yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan, uy bekasi Sayfiddinova Nigora Sadriddinovnaning “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan berilgan, 6 074 000 so‘m puli bo‘lgan plastik kartochkasini aldab, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, 5 foizga naqdlashtirib berishni va’da qilib, jabrlanuvchiga jami 6 074 000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan M.Ubaydullayev va N.Zaripovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan qo‘shimcha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют