» » Yengil motorli samolyot Kaliforniyadagi uyga quladi

Yengil motorli samolyot Kaliforniyadagi uyga quladi


Cessna-172 yengil motorli samolyoti San-Xose shahridagi (AQSh, Kaliforniya shtati) uyga quladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Samolyot Reyd Xillvyu aeroportidan uchgandi. Parvozdan so‘ng uchuvchi dispetcherga tizimdagi nosozlik xaqida xabar berdi va aeroportga qaytishga urindi. Biroq boshqaruvni uddalay olmay, uy yonidagi garajga quladi.

Hodisa oqibatida samolyotning ikki yo‘lovchisi jiddiy jarohat oldi, yana bir yo‘lovchi yengil shikastlandi. Ularning barchasi kasalxonaga yetkazildi.

Samolyot qulashi chog‘ida uyda bir necha kishi bo‘lgani, biroq ulardan hech biri jabrlanmagani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют