» » Andijonda diniy mazmundagi audioroliklar yozilgan fleshkani ichki kiyimida olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Andijonda diniy mazmundagi audioroliklar yozilgan fleshkani ichki kiyimida olib o‘tishga uringan shaxs ushlandi


Andijon viloyat bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Qirg‘izistondan kirib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Jasurbek Bozorov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgandan so‘ng xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda egniga kiyib olgan maykasi ichiga qistirilgan holda yashirilgan Mikro fleshka xotirasida diniy mazmundagi videorolik va 84 dona diniy mazmundagi audioroliklar borligi aniqlandi, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Shunga o‘xshash yana bir holatda Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Otabek Ergashboyev belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib, bojxona xodimlariga taqdim etgandan so‘ng uning yonida bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati uch million so‘mlik Samsung Galaxy S7 rusumli uyali qo‘l telefoni va uning xotirasida jami 30 dona diniy mazmundagi audio-videoroliklar borligi aniqlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston hududiga shafqatsizlik va diniy aqidaparastlikni targ‘ib etuvchi, millatlar o‘rtasida nifoq keltirib chiqaruvchi shuningdek pornografik mazmunga ega bo‘lgan barcha turdagi audio va video materiallarni olib kirish qat’iyan taqiqlanadi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют