» » O‘zbekistonlik o‘quvchilar Turkiyadagi xalqaro bilimlar olimpiadasida 49 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Turkiyadagi xalqaro bilimlar olimpiadasida 49 ta medalni qo‘lga kiritdi


Turkiyada IX xalqaro bilimlar olimpiadasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Antaliya sayyohlik akademiyasi hamda Rossiyaning EDUANT xalqaro maktabi tomonidan tashkil etilgan olimpiadada o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Toshkent shahridagi Intellect bog‘cha-maktab nodavlat ta’lim muassasasining 25 o‘quvchisidan iborat jamoasi 6 oltin, 20 kumush va 23 bronza – jami 49 medalni qo‘lga kiritdi. Ular umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi hamda matematika, rus va ingliz tillari, tasviriy san’at bo‘yicha to‘rtta kubokka sazovor bo‘ldi.

IX xalqaro bilimlar olimpiadasida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina mamlakatlaridan besh yuz nafar maktab o‘quvchisi matematika, geografiya, fizika, kimyo, biologiya, jahon tarixi, atrof-muhit, tasviriy san’at, rus, ingliz va turk tillari bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etdi. Mazkur olimpiadada Intellect maktabi direktori o‘rinbosari N.Bannova rahbarligidagi o‘quvchilar matematika, rus va ingliz tillari, tasviriy san’at fanlari bo‘yicha ilk bor ishtirok etdi. O‘quvchilar, shuningdek, “Olimpiada malikasi”, “Shon-shuhrat daqiqasi”, “Fotosuratlar tanlovi” singari ijodiy va sport musobaqalari, mini-futbol va shaxmat turnirlarida ham faol qatnashdi.

Nigina Inoyatova (to‘rtta medal), Ikrom Yusupov (to‘rtta medal), Jamola Mirkomilova (uchta medal) va Odil Muhiddinov (uchta medal) IX xalqaro bilimlar olimpiadasining eng bilimdon ishtirokchilari deb e’tirof etildi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют