» » Londonda shahar avtobuslari qahva quyqasidan tayyorlangan yoqilg‘ida harakatlanadi

Londonda shahar avtobuslari qahva quyqasidan tayyorlangan yoqilg‘ida harakatlanadi


Londonda havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida mashhur shahar avtobuslari ilk bor qahva quyqasidan tayyorlangan biodizel yoqilg‘isiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Qahva quyqasini qayta ishlash bilan tadbirkor Artur Key tomonidan yaratilgan bio-bean startapi shug‘ullanmoqda.

Kompaniya o‘z mahsulotini undan binolarni isitish va avtomоbillar uchun yoqilg‘i sifatida foydalanayotgan Britaniya kompaniyalariga sotmoqda.

Startapda mamlakatning eng badavlat kishilaridan biri, yirik yer egasi Vestminister gersogi Xyu Richard Luis Grosvenor ham ishtirok etayotgani bildirilmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют