» » Tillerson AQShning ta’siridan KXDRda yuzaga kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berdi

Tillerson AQShning ta’siridan KXDRda yuzaga kelayotgan muammolar haqida so‘zlab berdi


AQSh davlat kotibi Reks Tillerson xalqaro hamjamiyat va AQSh tomonidan KXDRga bo‘layotgan bosim ish berayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Tillerson yaqinda prezident Donald Tramp tomonidan KXDR terrorizm homiylari bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilganini ham eslatib o‘tdi.

Shuningdek, Tramp Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilgani va ular haqida 21-noyabrda ma’lum qilinishini e’lon qildi.

“Men bu holat Shimoliy Koreyaga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblayman. Bilamizki, Shimoliy Koreyada yoqilg‘i taqchilligi mavjud, bilamizki, daromadlar ko‘rsatkichi past. Shuning uchun bu bosimlar ish beryapti. KXDR 60 kundan beri provokatsion harakatlar qilmayotgani mazkur holatga bog‘liqmi? Taxmin qilishni istamayman, lekin bu muddat davom etishiga umid qilamiz”, — deydi Tillerson.

U shuningdek, AQSh Xitoyning Pxenyanga nisbatan BMT xavfsizlik kengashi sanksiyalarini amalga oshirish tarafdori ekanligiga amin bo‘lish uchun ushbu mamlakat bilan muzokaralar olib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют