» » Dubayda dunyodagi yagona Bentley Mulsanne kabrioleti topildi

Dubayda dunyodagi yagona Bentley Mulsanne kabrioleti topildi


Dubayda eng yirik Bentley shou-rumida Mulsanne flagman sedanidan yaratilgan Grand Convertible kabrioletining birinchi va hozircha yagona nusxasi topildi, deb yozadi “Motor”.

Avtomobilni qurish bilan Mulliner’ning individual buyurtmalarga ixtisoslashgan bo‘linmasi shug‘ullangan. Bentley’ning 2019-yilda nishonlanadigan 100 yillik yubileyi munosabati bilan modelni bor-yo‘g‘i 19 ta nusxada chiqarishadi. Grand Convertible’ning bahosi — 3,5 million dollar.

Kabriolet Mulsanne Speed sedani bazasiga qurilgan, ammo 10 santimetrga kichikroq qilingan. U 6,75 litrli, 537 ot kuchiga teng V12 motori bilan jihozlangan.

Katta kabriolet prototipini kompaniya 2014-yilda Los-Anjelesdagi avtosalonda taqdim etgan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 14:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют