» » Fransiyada “Formula-1” poyga mashinalarining “qabristoni” topildi (foto)

Fransiyada “Formula-1” poyga mashinalarining “qabristoni” topildi (foto)


Fransiyada “Formula-1” poygasining 1980 hamda 1990-yillardagi tashlandiq mashinalari kolleksiyasi topildi. Gap Ferrari, Lotus hamda Renault’ning haqiqiy avtomobillari haqida emas, balki nusxalarida haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Auto.cz’ga tayanib, “Motor” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ko‘plab avtomobillarning raqam va ranglari “Formula-1”da ishtirok etgan avtomobillarnikiga mos kelmoqda. Ushbu maktetlar muzey yoki shaxsiy kolleksiyaga tegishli bo‘lgan ko‘rinadi.

Topilgan barcha mashinalarning ahvoli yomon. Ular nima sababdan bu holga kelib qolgani hozircha noma’lum.

O‘tgan yili belgiyalik tadqiqotchi Fransiyadagi yer osti shaharlardan biridan 1930-yilda chiqarilgan o‘nlab avtomobillarni topib olgan edi. Taxminlarga ko‘ra, mahalliy aholi ushbu mashinalarni Ikkinchi jahon urushi boshlanganida yashirib qo‘ygan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют