» » Viktor Pak: Koreyslar Shavkat Mirziyoyevning tashrifidan ko‘p narsa kutmoqda

Viktor Pak: Koreyslar Shavkat Mirziyoyevning tashrifidan ko‘p narsa kutmoqda


Janubiy koreyaliklar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22—25-noyabr kuni ushbu mamlakatga amalga oshiriladigan davlat tashrifini intizorlik bilan kutmoqda. Bu haqda ayni vaqtda Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekistondagi koreys madaniyat markazlari assosiatsiyasi raisi Viktor Pakning so‘zlariga asoslanib, Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev ma’lum qildi.

“17-noyabr kuni O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolar istiqomat qilayotganining 80 yilligi keng nishonlandi. Davlatimiz rahbari bizga tabrik yo‘lladi. Bundan biz — koreyslar juda xursand bo‘ldik. Prezidentimizga bizga shunday hurmat va e’tibor ko‘rsatgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Koreyaga kelganimga 3—4 kun bo‘ldi. Bu yerdagi koreyslar ham Shavkat Mirziyoyevning bizga ko‘rsatayotgan ehtiromidan mamnun. Prezidentimiz birinchi marta Koreyaga kelyapti, butun koreys xalqi mazkur tashrifni intiqlik bilan kutyapti, chunki bu Koreyada tarixiy voqea bo‘ladi. Umuman olganda, koreyslar bu uchrashuvdan ko‘p narsa kutyapti”, — deydi Oliy Majlis deputati va O‘zbekistondagi koreys madaniyat markazlari assosiatsiyasi raisi Viktor Pak.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют