» » Vannaxonadagi 5 ta iflos buyum va ularni tozalash usullari

Vannaxonadagi 5 ta iflos buyum va ularni tozalash usullari


Birinchi qarashda vannaxonangiz top-tozadek ko‘rinadi: hamma joy oppoq bo‘lib yaltirab turibdi, xushbo‘y hid taralmoqda. Aslida esa bu xonada shunday joylar borki, u yerlarda juda ko‘p miqdorda bakteriyalar to‘planadi, va albatta bunga qarshi kurashish zarur! Quyida ushbu iflos buyumlar va ularni toza tutish usullarini keltirib o‘tamiz.

Tish cho‘tkalar va ular solib qo‘yiladigan stakan

Tish cho‘tkani tozalash uchun uni sirka solingan idishga 30 daqiqaga botirib qo‘yish lozim. Stakanni esa osh sodasi yordamida yaxshilab yuvib tashlash zarur.

Mochalka

Siz yuvinadigan mochalkada qanchadan-qancha bakteriyalar to‘planib qolishini tasavvur ham eta olmaysiz. Mochalkani tozalash uchun uni suv va sirkadan 1:1 nisbatda solib tayyorlangan aralashmaga taxminan 1 soatga ivitib qo‘yish kerak.

Ustara (britva)

Ustarani spirtga ho‘llab olingan paxta bilan tez-tez artib turish lozim. U teri bilan juda yaqin aloqada bo‘ladi, shu sababli juda toza bo‘lishi shart.

Hojatxona cho‘tkasi

Hojatxonani tozlab bo‘lgach, cho‘tkani oling va ustidan dezinfeksiya vositasini quying. So‘ng uni unitaz gardishi tagiga qo‘ying. Cho‘tka qo‘yib qo‘yiladigan idishni ham dezinfeksiya vositasi yordamida yuvib oling.

Vantuz

Vannaxonangizdagi oxirgi kir buyum vantuzdir. Uni tozalash vositasi bilan yuvib, chayib tashlang.

Ana endi vannaxonangizni haqiqatan top-toza deb ayta olasiz!

Manba: “Xitrosti jizni”

Опубликовано: admin (21-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют