» » Argentina Harbiy-dengiz kuchlari: yo‘qolgan suvosti kemasini topishning imkoni deyarli yo‘q

Argentina Harbiy-dengiz kuchlari: yo‘qolgan suvosti kemasini topishning imkoni deyarli yo‘q


Argentinaning bir haftacha avval g‘oyib bo‘lgan “San-Xuan” suvosti kemasini qutqarishning deyarli imkoni yo‘q. Mamlakat harbiy-dengiz kuchlari bu faktni tan oldi, deb yozadi “MK.ru”.

Avvalroq aniqlangan shovqinning suvosti kemasiga hech qanday aloqasi yo‘qligi aniqlandi. Shunga qaramasdan, Janubiy Atlantikada qidiruv operatsiyasi davom etmoqda. Unga oltita mamlakatdan 14 ta kema va o‘nta samolyot jalb etilgan. Ular Argentina qirg‘og‘idagi akvatoriyani ko‘zdan kechirmoqda.

Argentina Harbiy-dengiz kuchlari suvosti kemasidagi havo zahirasi yetti kunga yetishini ma’lum qildi. Bu muddat 22-noyabr, chorshanba kuni tugaydi. Ayni vaqtda mamlakatda katta mojaro yuzaga kelishi kutilmoqda: jurnalistlar dengizga chiqishdan avval suvosti kemasi komandiri nosozlikdan shikoyat qilgani, biroq harbiy-dengiz kuchlar rahbariyati go‘yoki bunga munosabat bildirmaganini aniqlagan.

Suvosti kemasi bortida 44 nafar ekipaj a’zolari bor. Suvosti kemasi Ushuayya portidan Mar-del-Plata shahri yo‘nalishida yo‘lga chiqqan edi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют