» » O‘zbekiston va Janubiy Koreya geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22—25-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida qator sohalar, xususan geologiya sohasidagi hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda ayni paytda Janubiy Koreyada bo‘lib turgan Xalqaro press klub raisi Sherzod Qudratxo‘jayev ma’lum qildi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi vakillari koreyalik hamkasblari bilan to‘rtta oltin obyektini o‘zlashtirish va o‘rganish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Boshlang‘ich bosqichda foydali qazilma konlarini va o‘zaro manfaatli maydonlarni geologik tadqiq etishga Janubiy Koreya tomonidan 10 million dollar investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, Shindong Resources kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi volfram konini o‘zlashtirish bo‘yicha investitsion loyihani amalga tatbiq etish ishlari davom ettiriladi.

Shu bilan birga ikki mamlakat geologiya sohasi mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha Kvanju shahridagi Chonnam milliy universiteti bilan kelishuv imzolanishi rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobur Islomov va Chonnam universiteti prezidenti tomonidan imzolanadigan mazkur kelishuv ilmiy-texnik hamkorlikni ko‘zda tutadi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют