» » Video: Filcha o‘zining katta va jasur ekanligini isbotlamoqda

Video: Filcha o‘zining katta va jasur ekanligini isbotlamoqda


JARdagi Kryuger milliy bog‘i — Afrikaning mashhur “katta beshligi”ni uchratish mumkin bo‘lgan joy: sher, karkidon, fil, buyvol va qoplon. Bu yerdagi hayvonlar avtomobilda tashrif buyurgan odamlarga o‘rganib qolganligiga qaramay, yaqinda kichkina filcha sayyohlarga o‘z xarakterini namoyish etishga qaror qildi, deb xabar berdi National Geographic.

Bir yoshlar atrofidagi filcha mashina qarshisida xartumini silkitgancha turib olgan. Bir necha bor xartumi orqali avtomobil kapotini urgan ham, yonidan boshqa mashina o‘tib ketganida filcha uning ortidan harakatlangan. Avtomobilga yeta olmagach, u yo‘lni tark etgan.

Videoni yovvoyi tabiatni suratga olish bilan shug‘ullanuvchi Kuintin vann der Merve tasvirga olgan. Uning hisoblashicha, hayvon o‘zining harakatlari orqali atrofdagilarga kuchini va jasurligini namoyish qilgan.

“Yosh filchalar ko‘pincha shunday qiladi. Bundan qo‘rqish kerak emas: yaxshisi joyingizda qimirlamasdan kutganingiz ma’qul. Men yovvoyi yirtqichlar orasida ishlayman va ko‘p yillik tajribamdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, filcha zarar yetkazmaydi: u shunchaki o‘zini namoyish etdi”, — deydi suratkash.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 16:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 50) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют