» » Urganch xalqaro aeroportida dori-darmonlarni yashirin ravishda olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi

Urganch xalqaro aeroportida dori-darmonlarni yashirin ravishda olib kirishga uringan shaxslar fosh etildi


Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi fuqaro S.A Rossiya Federatsiyasidan bojxona qonun hujjatlarini buzgan holda dori vositalarini O‘zbekistonga olib kirishga urindi, deb xabar beradi bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Xususan, fuqaro S.A o‘z maqsadini amalga oshirishda Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida ishlab yurgan tanishini ishga solgan.

Anvar “Sankt-Peterburg — Urganch” yo‘nalishida uchib kelayotgan ikki nafar fuqarolar orqali ushbu dori-darmonlarga fuqaro S.Aning yaqin qarindoshlarining ehtiyoji borligini aytib, olib borib berishni iltimos qilib, uch xildagi umumiy qiymati 5 000 000 so‘mlik 29 quti (10 quti “Immunofan”, 10 quti “Solu Medrol 500 mg” va 9 quti “Gonadotropin Xorionicheskiy” yozuvli) dori vositalarini berib yuborganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro S.A Urganch xalqaro aeroporti binosi oldida “Sankt-Peterburg — Urganch” yo‘nalishida uchib kelgan fuqarolar Yo.X va N.Slardan yuqorida nomlari keltirilgan dori vositalarini qabul qilib turgan paytida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va “Urganch aeroport” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют