» » Zimbabve prezidentligiga “nomzod” Emmerson Mnangagva qochib ketdi

Zimbabve prezidentligiga “nomzod” Emmerson Mnangagva qochib ketdi


Zimbabve sobiq vitse-prezidenti, mamlakatning “ag‘darilgan” rahbari Robert Mugabening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan odamlardan biri — Emmerson Mnangagva o‘z hayotidan xavfsiragani sabab qochib ketdi, deb xabar berdi News Day.

“Janobi oliylari Robert Gabriel Mugabe doimo qachonki odamlar o‘zining ketishini xohlasa, rahbarlikni tark etishini gapirardi. Endilikda u xalqning irodasini qabul qilishi va hukumatdan chekinishi kerak”, — dedi Mnangagva.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, unga tahdid qilishgan. Mnangagva Mugabe bilan muzokaralar o‘tkazayotganini, biroq dialog to‘laqonli impichment o‘rnini bosa olmasligini va prezidentga boshqa ishonmasligini ma’lum qildi. “Hech qachon mamlakat ‘maqsadi — millatga zarar yetkazayotganiga qaramay hokimiyat tepasida bo‘lish’ bo‘lgan bir odamning asiriga aylanmasligi kerak”, — deya ta’kidladi u.

Mnangagva hukmron partiya — Zimbabve Afrika milliy ittifoqi  rahbari tomonidan 19-noyabrda tayinlangan. Mugabe 16-noyabr kuni iste’foga chiqishdan bosh tortib, hukmron partiya yetakchisi uchun saylov o‘tkazishni taklif qildi. Mamlakat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u faqatgina partiya yetakchiligi saylovida mag‘lubiyatga uchrasa ketishini, ungacha “yagona qonuniy rahbar” o‘zi ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni qurollangan soldatlar Zimbabve poytaxti Xarareda davlat to‘ntarishini amalga oshirgan edi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют