» » Tojikiston ruslarga IShID tarkibida jang qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining sobiq kapitanini topshirdi

Tojikiston ruslarga IShID tarkibida jang qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining sobiq kapitanini topshirdi


Tojikiston huquq-tartibot idoralari rus hamkasblariga IShID terrorchilari safida jang qilgan Rossiya Mudofaa vazirligining sobiq kapitanini topshirdi, deb xabar berdi Meduza.

Xisamovning ekstraditsiyasi haqida Tojikiston IIV matbuot-xizmati rahbari Umarjon Emomali ma’lum qildi.

“Rossiya huquq-tartibot idoralarining vakillari belgilan tartibda uni respublikadan olib chiqib ketdi”, — dedi Emomali.

Denis Xisamov Turkiyada IShID tomonidan jangovar harakatlarda ishtirok etganlikda gumonlanib qo‘lga olingan. Uning yonidan Tojikiston pasporti topilgani sabab (pasport qalbaki bo‘lgan), u aynan shu mamlakatga jo‘natib yuborilgan. Xisamov qo‘lga olingach, Tojikiston hukumati uni Rossiya tomoniga topshirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Xisamov — Krasnodar fuqarosi bo‘lib, 2004—2009-yillarda Rossiya Mudofaa vazirligida kapitan lavozimiga qadar xizmat qilgan. U ushbu idorada shaxsiy ma’lumotlar va yashirin aloqa tizimi himoyasi bilan shug‘ullangan. Xisamov bir necha o‘nlab ilmiy ishlarini e’lon qilgan va nomzodlik dissertatsiyasini himoyalagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют