» » “O‘zbekenergo” AJ Koreyaning KEPCO energetika kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi

“O‘zbekenergo” AJ Koreyaning KEPCO energetika kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi


Koreya Respublikasiga tashrif davomida “O‘zbekenergo” AJ vakillari KEPCO Koreya davlat energetika kompaniyasi bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Muzokaralar doirasida koreyalik hamkorlar bilan O‘zbekiston energetika sektoridagi hamkorlikni yanada kengaytirish, dispetcherlik xizmati va ma’lumotlarni to‘plashga mo‘ljallangan SCADA tizimini va EMS boshqaruv tizimini joriy qilish hamda energobloklardagi mavjud axborot texnologiyalar tizimini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 21-noyabr kuni “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev va KEPCO Koreya davlat energetika kompaniyasi vitse-prezidenti Hyang Reol Lyu tomonidan o‘zaro hamkorlik shartnomasi yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ushbu hamkorlik kelishuvi doirasida o‘zaro tajriba va mutaxassislar almashish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari hisoblangan Osiyo Taraqqiyot banki, Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banklari yordamida yuqorida qayd etilgan loyihalarning moliyalashtirish masalalari o‘rganiladi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют